Londonning «Chelsi» klubi La Liga grandlari qiziqish bildirayotgan lateral Mark Kukurelyaga o‘rinbosar izlamoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, «aristokratlar» ispaniyalik futbolchining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan bir nechta potensial nomzodlarni tanlab olishgan.
London klubining short-listidan quyidagi futbolchilar joy olgan: Andrea Kambyaso («Yuventus»), Nataniel Braun («Ayntraxt») va Alexandro Grimaldo («Bayer»).
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina ingliz klubi bosh murabbiyligiga ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso tayinlangan edi. APLning yakunlangan mavsumida «Chelsi» 52 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egalladi.













