Kirish Ro'yxatdan o'tish

Braim Diasning nima sababdan «Real»ni «Yuventus»ga almashtirishni istamayotgani ma’lum bo‘ldi

Braim Diasning nima sababdan «Real»ni «Yuventus»ga almashtirishni istamayotgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias hozircha «Yuventus»ning qiziqishiga javob qaytarmayapti. Turin klubi marokashlik futbolchini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblamoqda. «Keksa sinyora» vakillari allaqachon futbolchining otasi bilan aloqaga chiqishgan, biroq kelishuvdan hali ancha yiroq.

Insayder Janluka di Marsio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Dias «Real»da qolishni va jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ishonchini qozonishga harakat qilib ko‘rishni istamoqda.

Ayni damda Braim klubdan ketish haqida o‘ylamayapti. Biroq, agar portugaliyalik murabbiy 26 yoshli futbolchini asosiy tarkibda ko‘rmayotganini ochiq-oydin bildirsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Diasning Transfermarkt portalidagi bahosi 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:39, 06.06.2026.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик