Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Deykka Niderlandiya terma jamoasidan ketish haqida savol berildi

Van Deykka Niderlandiya terma jamoasidan ketish haqida savol berildi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasining yulduzli himoyachisi Virjil van Deyk Jahon chempionati — 2026 yakunlanganidan so‘ng milliy jamoani tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Bu Jahon chempionati Niderlandiya terma jamoasi safidagi so‘nggi turnirim bo‘ladimi? Hozircha bir nima deya olmayman. Bu haqda mundial tugaganidan keyin o‘ylab ko‘raman. Umid qilamanki, bu qarorni qo‘limda Jahon kubogini ushlagan holda qabul qilaman», — deya himoyachining so‘zlarini keltiradi NU nashri.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Niderlandiya terma jamoasi turnirning guruh bosqichida Tunis, Shvesiya va Yaponiya milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Argentina hisoblanadi.

Kiritildi: 12:52, 06.06.2026.
O'qildi: 448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик