Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tennis. Ayollar o‘rtasida “Rolan Garros” turniri g‘olibi ma’lum bo‘ldi

Tennis. Ayollar o‘rtasida “Rolan Garros” turniri g‘olibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Fransiya ochiq chempionati — “Rolan Garros” musobaqasining ayollar o‘rtasidagi finalida rossiyalik tennischi Mirra Andreeva polshalik Maya Xvalinskayani mag‘lub etib, faoliyatidagi ilk “Katta dubulg‘a” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Parijda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda 8-raqam ostida tasniflangan Andreeva raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Xvalinskaya esa turnirning asosiy to‘riga saralash bosqichi orqali yo‘l olgan edi.

19 yoshli Andreeva faoliyatida ilk bor “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibiga aylandi.

Xvalinskaya esa Fransiya Ochiq chempionati tarixida saralash bosqichidan o‘tib finalgacha yetib kelgan ilk tennischiga aylandi. Bungacha “Katta dubulg‘a” turnirlarida bu natijani faqat britaniyalik Emma Radukanu qayd etgan bo‘lib, u 2021 yilda AQSH Ochiq chempionatida g‘alaba qozongan edi.

Hozirda WTA reytingida 8-o‘rinni egallab turgan Andreeva uchun bu yakkalik bahslaridagi oltinchi chempionlik bo‘ldi. Uning “Rolan Garros”dagi avvalgi eng yaxshi natijasi 2024-yildagi yarim final edi. O‘sha yili u Parij Olimpiadasida Diana Shnayder bilan juftlik bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

24 yoshli Xvalinskaya esa WTA reytingida 114-o‘rinda bormoqda. U faoliyati davomida hali WTA turnirlarida g‘olib chiqmagan. Roland Garros yakunlariga ko‘ra, polshalik tennischi ilk bor dunyoning eng kuchli 30 nafar tennischisi qatoridan joy oladi.

“Rolan Garros” mavsumdagi to‘rtta “Katta dubulg‘a” turniridan ikkinchisi hisoblanadi. Musobaqa grunt (qumli) qoplamali kortlarda o‘tkaziladi va sovrin jamg‘armasi 61,7 million yevrodan ortiqni tashkil etadi. Navbatdagi “Katta dubulg‘a” turniri — “Uimbldon” 29 iyundan 12 iyulga qadar Londonda bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:36, 06.06.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик