Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Bernardu Silva Portugaliyaning JCH-2026 dagi maqsadini ma’lum qildi: «Hech kim bizdan ustun emas»

Bernardu Silva Portugaliyaning JCH-2026 dagi maqsadini ma’lum qildi: «Hech kim bizdan ustun emas»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva jahon chempionati oldidan jamoadagi kayfiyat haqida gapirib berdi. Portugaliyaliklar hech qachon mundialda g‘olib chiqishmagan, biroq ular bo‘lajak turnirning asosiy favoritlaridan biri hisoblanishadi.

«Biz ishonch va qat’iyatga to‘lamiz. Maqsadimiz aniq – jahon chempionatida g‘alaba qozonish. Albatta, xuddi shunday ambisiyalarga ega boshqa jamoalar ham bor, lekin ulardan birortasini bizdan ustun deb ayta olmayman», — deya bayonot berdi «Manchester Siti»ning sobiq sardori Chiliga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi (2:1) g‘alabadan so‘ng.

JCH-2026 guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasiga Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya jamoalari raqiblik qiladi. 10 iyun kuni Roberto Martines shogirdlari Nigeriyaga qarshi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Kiritildi: 08:31, 07.06.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик