"Benfika" klubining markaziy himoyachisi Tomash Arauju faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Myunxen grandi portugaliyalik futbolchini ustuvor maqsad deb hisoblamayapti, biroq agar o‘z himoyachilaridan biri bilan xayrlashsa, ushbu transfer ustida ish boshlashi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.
Germaniya klubida 24 yoshli futbolchining universalligi ayniqsa yuqori baholanmoqda: u nafaqat himoya markazida, balki o‘ng qanotda ham o‘ynashga qodir.
Transfermarkt ekspertlari Tomash Araujuning bahosini 30 million yevroga baholashmoqda, uning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchi Portugaliya terma jamoasi safida to‘rtta o‘yin o‘tkazgan, shu jumladan, shanba kungi Chiliga qarshi bahsda (2:1) uchrashuv yakunida zaxiradan maydonga tushgan.













