Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan (1:0) keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi bo‘lim yakunida yagona golni Xarri Keyn kiritdi. Murabbiy tanaffusda asosiy tarkibda maydonga tushgan barcha futbolchilarni almashtirdi.
«Eng muhimi — hech kim jarohat olmadi. Futbolchilar issiq havoda, qiyin maydonda 45 daqiqadan harakat qilishdi. Sharoitlar oson bo‘lmadi, lekin biz g‘alaba qozondik va gol o‘tkazib yubormaslikni uddaladik. Shu ruhda davom etishimiz kerak. O‘yin sifati vaqt o‘tishi bilan yaxshilanib boradi: nazarimda, raqib qanchalik kuchli o‘ynasa, biz ham shunchalik o‘sishga erishamiz.
Bugun menga ikkinchi bo‘lim ko‘proq yoqdi. Ha, tanaffusdan keyin gol ura olmadik, lekin ikkinchi bo‘limdagi o‘yin yaxshiroq chiqdi. Birinchi bo‘limda esa bizga intizom yetishmadi, futbolchilar o‘z pozisiyalarini yo‘qotib qo‘yishdi va har doim ham rejaga amal qilishmadi», — dedi Tuxel ITVga bergan intervyusida.
10 iyun kuni inglizlar Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.













