Kirish Ro'yxatdan o'tish

UFC. Xollouey: «Makgregor revanshga jiddiy kirishgan»

UFC. Xollouey: «Makgregor revanshga jiddiy kirishgan»

Baho:
+ | -

UFC sobiq chempioni, amerikalik Maks Xolloueyning fikricha, uning raqibi irlandiyalik Konor Makgregor 11 iyul kuni Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan UFC 329 turniridagi revansh janggiga juda jiddiy yondashmoqda.

«Ko‘pchilik Konor mashg‘ulotlar olib borayotganiga qaramay, baribir jang qilmasa kerak, deb aytmoqda… Lekin ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda, u juda diqqatini jamlagandek ko‘rinmoqda. Menimcha, u jiddiy kayfiyatda. U sportni haqiqatdan ham sog‘ingan va qaytmoqchi deb o‘ylayman», — dedi Xollouey o‘zining YouTube-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Xollouey o‘rtasidagi ilk jang 2013 yilning avgust oyida UFC Fight Night 26 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan va unda irlandiyalik sportchi uch raund yakuniga ko‘ra hakamlarning bir ovozdan bergan qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 16:03, 07.06.2026.
O'qildi: 287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик