«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Barselona»ga o‘tishni istamoqda.
ElNacional.cat nashrining xabariga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi kelajakda Kataloniya klubiga qo‘shilish ishtiyoqi bilan yonmoqda. U «ko‘k-anorranglilar» hozircha uning transferini moliyaviy jihatdan amalga oshira olmasliklarini tushungan holda, shu yozda keladigan har qanday boshqa taklifni rad etadi. Xoland 2027 yilning yozida «Barselona»ga o‘tishni orzu qilmoqda.
Erling Xoland 2022 yilda Dortmundning «Borussiya» klubidan «Manchester Siti»ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2034 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.













