Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peres Joze Mourinyoning «Real»ga qaytishini e’lon qildi

Florentino Peres Joze Mourinyoning «Real»ga qaytishini e’lon qildi

Baho:
+-1 | -

Madridning «Real» klubi prezidenti saylovida g‘alaba qozongan 79 yoshli funksioner Florentino Peres portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoning bosh murabbiy sifatida jamoaga qaytishini ma’lum qildi.

«Biz dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri, haqiqiy madridist — Joze Mourinyoni yana qarshi olish imkoniyatidan faxrlanamiz», — dedi Peres.

Uning so‘zlarini jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, Peres saylovda ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelmeni ortda qoldirib, «Real» prezidenti lavozimiga qayta saylandi. U klubni 2030 yilgacha boshqaradi va bu uning mazkur vazifadagi ketma-ket sakkizinchi muddati bo‘ladi.

Joze Mourinyo avval ham 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, «qaymoqranglilar» birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmagan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:23, 08.06.2026.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик