Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor 2-1 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 0-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-0 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Jarohat olgan Xulian Alvaresning holati bo‘yicha yangi ma’lumot paydo bo‘ldi

Jarohat olgan Xulian Alvaresning holati bo‘yicha yangi ma’lumot paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares Jahon chempionati boshlanishidan avval safga qaytishga ulguradi. Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi olgan jarohati sababli may oyining boshidan beri maydonga tushmayotgan edi.

Jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, 26 yoshli forvard Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Jazoirga qarshi o‘yinga qadar to‘liq sog‘ayib ulguradi. Mazkur bahs 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Mundial startidan avval «albiseleste» (oq-ko‘klar) yana bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kerak — ular 10 iyun kuni Islandiyaga qarshi maydonga tushishadi. Xulian Alvares Argentina terma jamoasi safida umumiy hisobda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 09:46, 08.06.2026.
O'qildi: 1910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик