Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi safga qaytdi — u navbatdagi uchrashuvda maydonga tushadi

Messi safga qaytdi — u navbatdagi uchrashuvda maydonga tushadi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jarohatidan so‘ng to‘liq tiklandi. 38 yoshli futbolchi «albiseleste»ning Gondurasga qarshi kechgan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan edi.

Taniqli jurnalist Gaston Edulning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yulduz forvard jarohatini 100 foizga davolagan va optimal sport formasiga kirib ulgurgan. «Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibi 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Islandiyaga qarshi nazorat uchrashuvida albatta maydonga tushadi.

17 iyun kuni argentinaliklar Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasida Jazoirga qarshi bahs olib borishadi. 22 iyun kuni Lionel Skaloni shogirdlari Avstriya bilan to‘qnash kelishsa, 28 iyunda Iordaniyaga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:47, 08.06.2026.
O'qildi: 306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик