Kirish Ro'yxatdan o'tish

FIFA Eriksen bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisaga munosabat bildirdi

FIFA Eriksen bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisaga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino Daniya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen bilan sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisaga munosabat bildirdi.

«Eriksenning hushiga kelgani va kerakli muolajalarni olayotgani bizni quvontiradi. Unga mustahkam sog‘liq tilab qolaman. Uning oila a’zolariga va mamlakat terma jamoasiga eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman. Bunday vaziyatda tibbiy shtab va uchrashuv rasmiylari juda a’lo darajada harakat qilishdi», — deyiladi tashkilot rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Daniya — Ukraina uchrashuvining ikkinchi bo‘limida 34 yoshli yarim himoyachi ko‘kragini changallagancha hushini yo‘qotgan edi. Ushbu hodisadan so‘ng bahsni butunlay to‘xtatish va bekor qilish haqida qaror qabul qilindi.

Kiritildi: 11:48, 08.06.2026.
O'qildi: 356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик