«Chelsi» klubining chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirish niyatida. Ispaniyalik futbolchi allaqachon «ko‘klar» rahbariyatini ketish istagi haqida ogohlantirgan, deb xabar bermoqda «Mundo Deportivo» nashri.
27 yoshli futbolchi uchun eng ustuvor variant — «Barselona»ga qaytish hisoblanadi. Londonliklar ushbu o‘yinchining sotuvidan 40 milliondan 50 million yevrogacha mablag‘ ishlab olishni ko‘zlashmoqda.
«Barselona» Mark Kukurelyani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq avvalroq xabar berilganidek, kataloniyaliklar bu transferni faqatgina jamoadan ketishga shoshilmayayotgan Alexandro Balde bilan xayrlashgan taqdirdagina amalga oshirishga tayyor bo‘lishadi.
Kukurelya o‘z faoliyatini Kataloniya klubida boshlagan, ammo o‘sha paytda asosiy jamoaga kira olmagan edi. Lateral «Chelsi» safida 2022 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.













