Kirish Ro'yxatdan o'tish

Timber JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi — Niderlandiya terma jamoasiga boshqa futbolchi chaqirildi

Timber JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi — Niderlandiya terma jamoasiga boshqa futbolchi chaqirildi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi noxush xabarni ma’lum qildi: himoyachi Yurryen Timber chov sohasidagi jarohatidan so‘ng Jahon chempionatida ishtirok eta oladigan darajada tiklana olmadi. Shifokorlar bilan maslahatlashuvdan so‘ng yakuniy qarorga kelindi: Timber O‘zbekistonga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin «olovranglilar» qarorgohini tark etadi.

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Timberning jarohatidan so‘ng tarkibga boshqa futbolchini jalb etdi — jamoaga Lyutsxarel Gertryuyda yetib keladi. U «RB Leypsig» futbolchisi hisoblanib, 2025/2026 yilgi mavsumni ijara asosida «Sanderlend» klubida o‘tkazgan edi.

Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 14 iyun kuni Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:03, 08.06.2026.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик