Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshford «Bavariya»ga o‘tishga yaqin

Reshford «Bavariya»ga o‘tishga yaqin

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning transferi uchun so‘ralayotgan mablag‘ni to‘lashga tayyorligini bildirdi.

Football365 nashrining xabariga ko‘ra, ayni damda bu transfer noaniq vaziyatda turibdi. Sababi, ko‘p narsa Reshford o‘tgan mavsumni ijarada o‘tkazgan «Barselona» klubining qaroriga bog‘liq. Kataloniyaliklar futbolchini 30 million yevroga sotib olish huquqiga ega, biroq hozircha bu bandni faollashtirish niyatida emaslar. «Barselona» muqobil variantlarni — yangi ijara shartnomasini yoki transfer narxini pasaytirishni ko‘rib chiqmoqda.

Ispaniya klubining qarorini kutayotgan «Manchester Yunayted» esa boshqa jamoalarning takliflarini eshitishga tayyorligini ma’lum qildi. Bundan unumli foydalangan «Bavariya» so‘ralayotgan summani to‘lashga rozi bo‘ldi. Ushbu potensial transferning asosiy muammosi — futbolchining haftasiga 346 ming yevroni tashkil etuvchi yuqori maoshi bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 06:58, 09.06.2026.
O'qildi: 328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик