Angliya terma jamoasining sobiq vingeri Teo Uolkott Markus Reshfordni jahon chempionatida ko‘rishdan juda xursand bo‘lishini ma’lum qildi. 28 yoshli ingliz futbolchisi yakunlangan mavsumni «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan holda «Barselona»da o‘tkazdi.
«Bu mavsumda Reshford ajoyib harakat qildi. Men uni ko‘p kuzatdim. «Barselona» o‘yinlarini tomosha qilishni yana yaxshi ko‘rib qoldim va Reshfordning o‘yiniga ko‘proq qiziqa boshladim. U juda yaxshi harakat qildi.
Men uchun u Angliya terma jamoasining yuz foizlik asosiy tarkib o‘yinchisidir. U maydonda erkin va zavqlanib to‘p surmoqda. Biz uning tabassumini ko‘rishni xohlaymiz.
Reshford ushbu turnirning muhim qismiga aylanadi. Uni o‘yinini intiqlik bilan kutyapman. Barcha futbolchilar ichida u meni hammadan ko‘ra ko‘proq ilhomlantirmoqda.
Menimcha, u xorijga yo‘l olib, jasorat ko‘rsatdi — ingliz futbolchilarining chetga ketishi juda yaxshi. Men o‘zim bunga yetarlicha botin olmagandim, ammo uning qilgan ishi kuchli xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi», — dedi Uolkott «The Wayne Rooney Show» podkastida.













