Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya terma jamoasi himoyachisi jag‘ suyagi singaniga qaramay JCH-2026 da o‘ynashga tayyorligini ma’lum qildi

Angliya terma jamoasi himoyachisi jag‘ suyagi singaniga qaramay JCH-2026 da o‘ynashga tayyorligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining qanot himoyachisi Jed Spens jag‘ suyagi singanidan keyingi holati haqidagi savolga javob berdi. «Tottenxem» futbolchisi ushbu jarohatni 19 may kuni «Chelsi»ga qarshi kechgan bahsda raqib bilan to‘qnashib ketganda olgan edi.

Shifokorlar tomonidan sinish tashxisi qo‘yilganiga qaramay, Spens Angliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritildi. U musobaqada maxsus niqobda harakat qiladi.

«Bu juda dahshatli to‘qnashuv edi. Og‘riq kuchli bo‘ldi, lekin xayriyatki, men futbolni jag‘im bilan emas, oyoqlarim bilan o‘ynayman. Shu bolatda hammasi joyida. Biroz noqulaylik bor, albatta, lekin iloj qancha», — deya Spensning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian nashri.

Angliyaliklar mundialni 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘yin bilan boshlashadi, shundan so‘ng Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 12:04, 09.06.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик