«Atalanta» bosh murabbiy Raffaele Palladino bilan xayrlashdi. Bu haqda bergamoliklar rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Palladino bilan birga uning murabbiylar shtabi ham o‘z vazifalaridan ozod etildi.
42 yoshli murabbiy 2025 yilning noyabrida Ivan Yurichning o‘rnini egallagandi.
Ortda qolgan mavsumda “Atalanta” A Seriyada 7-o‘rinni egalladi. Kelasi mavsumda Konferensiyalar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.













