Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Yuventus» La Liga top-klubi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

«Yuventus» La Liga top-klubi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot «Yuventus»ga o‘tishga tayyor. «Keksa sinyora» 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda insayder Janluka di Marsio.

Endi turinliklar transfer tafsilotlarini «Atletiko» bilan kelishib olishlari kerak, biroq bu borada muammolar mavjud: «matraschilar» norvegiyalik hujumchining sotuvidan kamida 30 million yevro ishlab olmoqchi, A Seriya grandi esa faqatgina 25 million yevro taklif qilishga tayyor. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Yakunlangan mavsumda Aleksandr Syorlot Diyego Simeone jamoasi safida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:12, 10.06.2026.
O'qildi: 487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик