Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Real» «Bavariya»ning yulduz himoyachisiga qiziqmoqda, ammo muammo bor...

«Real» «Bavariya»ning yulduz himoyachisiga qiziqmoqda, ammo muammo bor...

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yana «Bavariya» chap qanot himoyachisi Alfonso Devis transferi haqida o‘ylay boshladi. Kanalik futbolchi uzoq vaqt davomida «qaymoqranglilar»ning transfer maqsadi bo‘lib kelgandi, biroq yakunda u Myunxen grandi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi va shundan so‘ng mish-mishlar tinchigan edi.

Madrid Universal nashri xabariga ko‘ra, «Real» yana Devisni sotib olmoqchi, ammo 25 yoshli futbolchining yuqori maoshi tufayli bu kelishuvning amalga oshishi amrimahol. Qayd etilishicha, klubning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu futbolchi iste’dodining katta muxlisi hisoblanadi.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Alfonso Devisning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi. Yakunlangan mavsumda lateral Vensan Kompani jamoasi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 06:19, 10.06.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик