Angliyalik yarim himoyachi Ruben Loftus-CHik Massimiliano Allegrisiz «Milan» Italiya yoki Yevropa futboli elitasiga qayta olishiga ishonmayapti. Shu sababli u allaqachon ketish taraddudini ko‘ra boshlagan. Pianetamilan.it nashrining xabar berishicha, u bu ishlarni ortiqcha shov-shuv va to‘polonlarsiz amalga oshirmoqda.
Jurnalistlar bilan suhbatda Loftus-CHik o‘z kelajagi haqidagi savollarga javob bermayapti va bor e’tiborini yozda oilasi davrasida maroqli hordiq chiqarishga qaratganini aytmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, bunday vaziyat futbolchining 2023 yildan beri sharafini himoya qilayotgan klubini tark etish istagidan yaqqol dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsum oxirida angliyalik futbolchi «Milan» tarkibidagi o‘zining yuzinchi uchrashuvini o‘tkazgan edi.













