Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Konseysau: «Men Allegriga qaraganda ko‘proq ochko to‘plagandim»

Konseysau: «Men Allegriga qaraganda ko‘proq ochko to‘plagandim»

Baho:
+ | -

Portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau bundan bir yil avval sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, «Milan»dan iste’foga chiqarilganini hamon hazm qila olmayapti. Ayniqsa, uning o‘rnini bo‘shatish va Massimiliano Allegriga joy ochib berish uchun ishdan bo‘shatishgani, biroq Allegri ham «Milan» uchun «najotkor» bo‘la olmay, yakunda baribir iste’foga chiqarilgani unga alam qilmoqda.

«Allegrini ishdan bo‘shatishdi, vaholanki men undan ko‘ra ko‘proq ochko to‘plagandim. Biz Italiya Kubogi finaligacha yetib bordik, «Inter»ni mag‘lub etib, Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdik. O‘zimni ideal bo‘lganman demoqchi emasman, lekin muvaffaqiyatsizliklar uchun mas’uliyat faqat mening emas, hammaning bo‘ynida edi», — deya Konseysauning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» oxirgi marta 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan edi.

Kiritildi: 06:48, 10.06.2026.
O'qildi: 350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик