Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Mateta «Milan» a’zosiga aylanishi mumkin

Mateta «Milan» a’zosiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

Oliver Glasnerning Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanish ehtimoli juda yuqori baholanmoqda. Agar u ushbu lavozimga tayinlansa, o‘zining sobiq jamoasi «Kristal Pelas»ning eng yaxshi hujumchilaridan biri Jan-Filipp Matetani milanliklar safiga taklif etadi.

«Milan» uchun Mateta asosiy markaziy hujumchi vazifasini bajarishi kutilmoqda — so‘nggi yillarda Italiya klubida aynan shunday futbolchining yo‘qligi juda yaqqol sezilayotgan edi.

Qayd etish joizki, «Milan» o‘tgan qishdayoq Matetani 30 million yevroga sotib olishga urinib ko‘rgan, biroq o‘shanda transfer amalga oshmay qolgandi. Katta ehtimol bilan, hozir ham fransiyalik futbolchining narxi aynan shu raqamlar atrofida muhokama qilinadi.

Kiritildi: 15:09, 10.06.2026.
O'qildi: 174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик