Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

TIV O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari tekshirilgani yuzasidan AQSHga so‘rov yubordi

TIV O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari tekshirilgani yuzasidan AQSHga so‘rov yubordi

Baho:
+1 | -

AQSHning Nyu York shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan futbolchilar va murabbiylar shtabi a’zolari qat’iy xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilgandi. Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan “Daryo”ga munosabat bildirdi.

Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan O‘zbekistonning Nyu Yorkdagi bosh konsulxonasi orqali AQSHning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatilgan va vaziyat bo‘yicha rasmiy tushuntirish so‘ralgan.

“Har qanday xavfsizlik choralari davlatlarning ichki qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini tushunish bilan qabul qilgan holda, bunday jarayonlar sport tadbirlarining ruhiga, jumladan, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarga putur yetkazmasligini muhim deb hisoblaymiz”, dedi TIV vakili.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv oldidan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qo‘l metallodetektorlari yordamida tekshirilgani aks etgan videolar tarqalgandi. Xavfsizlik xodimlari futbolchilar va murabbiylardan sumkalar hamda sport anjomlarini yerga qo‘yishni so‘ragan. Hududda xizmat iti bilan kinolog va boshqa xavfsizlik xodimlari ham bo‘lgan.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bunday tekshiruv odatiy hol ekanini bildirgan. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi esa tekshiruv xavfsizlik talablari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini qayd etib, delegasiya bunday tartibni kutmaganini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:43, 11.06.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик