Milanning «Inter» klubi himoyachisi Denzel Dyumfris shu yozda jamoani tark etadi — niderlandiyalik futbolchi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettiradi. Bu haqda taniqli jurnalist Saymon Fillips xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Milan klubi rahbariyati allaqachon Dyumfrisning o‘rnini bosa oladigan futbolchi qidirishni boshlab yuborgan. Italyanlar niderlandiyalik himoyachiga o‘rinbosar sifatida Londonning «Chelsi» klubi vakili Malo Gyusto nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Fransiyalik yosh himoyachi «Inter»ning transfer ro‘yxatidagi asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Malo Gyusto 2023 yilda Fransiyaning «Lion» klubidan 30 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Fransiyalik himoyachi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda londonliklar safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali Gyustoning transfer bahosini 35 million yevroga baholamoqda.













