Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Martines «Yuventus» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Martines «Yuventus» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines Turinning «Yuventus» klubi bilan amaldagi shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda taniqli insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, ayni damda klublar o‘rtasidagi transferning amalga oshishiga faqatgina futbolchining narxi to‘sqinlik qilmoqda. Birmingemliklar o‘z posboni uchun 15 million yevro talab qilayotgan bo‘lsa, «byankoneri» bu mablag‘ni ko‘plik qilib, transferni sezilarli darajada arzonroqqa, ya’ni 10 million yevroga yakunlashni ko‘zlamoqda. Hozirda klublar o‘rtasidagi muzokaralar faol tarzda davom etmoqda.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Martines Turin klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli jahon chempioni 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib keladi.

Kiritildi: 13:08, 11.06.2026.
O'qildi: 844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик