Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Real» o‘z iqtidorini «Yuventus»ga taklif qildi

«Real» o‘z iqtidorini «Yuventus»ga taklif qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Franko Mastantuono faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatdi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati argentinalik yosh iqtidor egasi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni shu yozda qo‘yib yuborishga tayyor. Ispaniya grandi futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olish taklifini Turinning «Yuventus» klubiga yuborgan.

Ma’lumot uchun, Franko Mastantuono 2025 yilda Argentinaning «River Pleyt» klubidan 45 million yevro evaziga «Real» a’zosiga aylangan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Yosh hujumchi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «qaymoqranglilar» safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Nufuzli Transfermarkt portali 18 yoshli futbolchining transfer qiymatini ayni damda 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:17, 11.06.2026.
O'qildi: 407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик