Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Emeri Peresga yoqmadi, Pochettino bilan esa gaplashilmadi: «Real» Mourinyuni tanlaguncha kimlarni ko‘rib chiqqan edi?

Emeri Peresga yoqmadi, Pochettino bilan esa gaplashilmadi: «Real» Mourinyuni tanlaguncha kimlarni ko‘rib chiqqan edi?

Baho:
+ | -

The Athletic nashri «Real» qaysi murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqqani haqida ma’lum qildi.

Bugun madridliklar Joze Mourinyu bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qilishdi. Shartnoma uch yilga mo‘ljallangan.

Ehtimoliy variantlardan biri sifatida Maurisio Pochettino (AQSH terma jamoasi) nomzodi ko‘rib chiqilgan, biroq u bilan hech qanday muzokaralar olib borilmagan. Shuningdek, Didye Desham (Fransiya terma jamoasi) va Unai Emeri («Aston Villa») nomlari ham tilga olingan — oxirgi variant «Real» prezidenti Florentino Peresga ma’qul kelmagan.

Bundan tashqari, «Real» direktori Santyago Solari orqali Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni bilan bog‘lanishga ehtiyotkorona urinish qilingan. Klubning Peresga yaqin bo‘lgan manbasi o‘sha paytda «murabbiyni prezidentning o‘zi tanlashi kerak» deb aytgan va Florentinoning tanlovi «kelib chiqadigan barcha oqibatlar bilan birga qo‘llab-quvvatlanishini» hamda 79 yoshli prezidentning «juda aniq rejasi» borligini ta’kidlagan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu reja Mourinyuni qaytarishdan iborat bo‘lgan.

Kiritildi: 02:37, 12.06.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик