Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Ibragimovich: “Amerikada hamma xotirjamlikka berilgan”

Ibragimovich: “Amerikada hamma xotirjamlikka berilgan”

Baho:
+ | -

Sobiq hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘z vaqtida Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham to‘p tepishga ulgurgan edi. U o‘zining shonli faoliyatidagi o‘sha davrlarni shunday xotirlaydi.

“Bu o‘zgacha davr edi. Amerikada hamma xotirjamlikka berilgan, u yerda hamma narsa men o‘rganganimdan ko‘ra ancha tinch. Men ularning futboliga moslashishimga to‘g‘ri kelmadi. Yo‘q — atrofimdagi futbolchilar menga moslashishdi. Men ikki yil davomida qo‘shnilarim bilan gaplashmadim. Bu g‘alati edi. Amerikada bunday qilish odat emas. Balki buning salbiy tomoni ham bordir — agar hovlingizga kimdir bostirib kirsa, sizni hech kim ogohlantirmaydi. To‘g‘ri, Yevropada bunday hodisalar ancha tez-tez sodir bo‘lib turadi”, — deya Ibragimovichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich o‘zining futbolchilik faoliyatini 2023 yilda yakunlagan edi.

Kiritildi: 06:52, 12.06.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик