Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Ibragimovich: “Agar bilishni istasangiz — men Messi va Ronaldudan yaxshiroqman”

Ibragimovich: “Agar bilishni istasangiz — men Messi va Ronaldudan yaxshiroqman”

Baho:
+ | -

Shvesiyalik sobiq hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘ziga sodiq qolgan holda jamoatchilikni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Bu safar u Lionel Messining o‘yinlaridan zavq olayotgan amerikalik futbol ishqibozlariga o‘zining argentinalik futbolchidan, shuningdek, Krishtianu Ronaldudan ham ustun ekanligini ma’lum qildi.

“Men Messini taniyman, biz u bilan “Barselona”da birga o‘ynaganmiz. Messi va Ronaldu kabi futbolchilar haqidagi fikrlar har hafta o‘zgarib turadi. Ammo agar siz Zlatanning eng yomon talqinini olmoqchi bo‘lsangiz ham, shunday deyman — men Messi va Ronaldudan yaxshiroqman”, — deya Zlatan Ibragimovichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich ham, Messi kabi, o‘z vaqtida Shimoliy Amerikaning MLS ligasida to‘p tepgan.

Kiritildi: 08:11, 12.06.2026.
O'qildi: 919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик