Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri ayni paytda juda yaxshi sport formasida bo‘lib turgan bir jamoani alohida ajratib ko‘rsatdi.
“Ispaniya va Argentina — hozirgi vaqtda eng yaxshi sport formasida bo‘lgan ikki jamoadir”, — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Ispaniyaliklar amaldagi Yevropa chempionlari, argentinaliklar esa amaldagi jahon chempionlari hisoblanishadi. Qayd etish lozimki, 2024 yilgi Yevrodagi muvaffaqiyatdan so‘ng Rodri “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan edi.
Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini dushanba kuni, 15 iyunda boshlaydi. Shu kuni Luis de la Fuente shogirdlari Kabo-Verdega qarshi maydonga tushishadi. Keyinchalik “qizil furiya”ni Saudiya Arabistoni va Urugvayga qarshi o‘yinlar kutmoqda.













