Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Yan Oblak Italiya top-klubiga o‘tishi mumkin

Yan Oblak Italiya top-klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubiga tegishli bo‘lgan sloveniyalik darvozabon Yan Oblak faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, Turinning «Yuventus» klubi golkiperni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Agar «Aston Villa»dan argentinalik Emiliano Martines transferi amalga oshmay qolsa, «keksa sinyora» Oblakni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishi mumkin.

33 yoshli sloveniyalik posbon 2014 yilning yozidan buyon Madrid grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Futbolchining transfer bozoridagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:44, 12.06.2026.
O'qildi: 203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик