Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kanada termasi ustozi Marsh: «Issiq bo‘ladi, lekin biz tayyormiz»

Kanada termasi ustozi Marsh: «Issiq bo‘ladi, lekin biz tayyormiz»

Baho:
+ | -

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh ob-havo sharoiti Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvning o‘tishiga xalaqit bermaydi, degan fikrni bildirdi. Jamoalar 12 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida o‘zaro kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval bo‘lib o‘tgan Meksika — JAR uchrashuvini tomosha qilish paytida, momaqaldiroq xavfi tufayli Torontodagi muxlislar festivali (fan-zona) yarmida evakuasiya qilingan edi.

«Shimoliy Amerikada barchamiz bunga o‘rganganmiz. Bu Yevropa jamoalari uchun issiq Jahon chempionati bo‘ladi. Men 1994 yilgi turnirni [AQSHdagi Jahon chempionati] eslayman, u juda issiq o‘tgan va jamoalarga kuchli ta’sir qilgan edi», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian nashri.

«Menimcha, bizda Amerika Kubogi (Copa America) va KONKAKAF Oltin kubogida to‘plangan tajriba ko‘rinishidagi ustunlik bor. Ammo bu nafaqat jismoniy, balki ruhiy sinov ekanligiga ham shubha yo‘q. Biz bu bilan tanishmiz. Issiq bo‘ladi, lekin biz tayyor bo‘lamiz».

Torontodagi stadionda harorat 26 darajadan oshmasligi kutilmoqda. Bosniya va Kanada o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:39, 12.06.2026.
O'qildi: 315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик