Angliyaning «Manchester Siti» klubi niderlandiyalik yarimhimoyachi Tijani Reynders borasidagi takliflarni tinglashga tayyor. Bu haqda italiyalik taniqli insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, 27 yoshli futbolchi «shaharliklar» bosh murabbiyining asosiy rejalaridan o‘rin olmagan. Shu sababli klub rahbariyati munosib taklif tushgan taqdirda uning ketishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas.
Qayd etilishicha, niderlandiyalik xavbekka Madridning «Atletiko» klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq hozircha Reyndersning o‘zi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
Yakunlangan mavsumda futbolchi «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, Reyndersning «Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchining ayni paytdagi transfer qiymatini 50 million yevroga baholagan.













