Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Kone 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
23 yoshli futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. U gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmagan bo‘lsa-da, o‘yin davomida samarali harakatlari bilan e’tibor qozondi.
Kone uzatmalarining 84 foizi aniq chiqqan. Shuningdek, uning hisobida bitta muvaffaqiyatli to‘pni olib qo‘yish va ikkita yo‘qotilgan to‘pni egallab olish harakati mavjud.
Guruh bosqichining keyingi turida Bosniya va Gersegovina 18 iyun kuni Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi. Kanada terma jamoasi esa 19 iyun kuni Qatar bilan kuch sinashadi.
JCH–2026. "B" guruhi, 1-tur
Kanada — Bosniya va Gersegovina — 1:1
Gollar: Lukich, 21 (0:1), Larin, 78 (1:1).













