Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Bu qizil kartochka». Runi JCH–2026dagi bahsli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi

«Bu qizil kartochka». Runi JCH–2026dagi bahsli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Kanada va Bosniya va Gersegovina o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (1:1) bosh hakam Fakundo Telyo bosniyaliklar darvozaboni Nikola Vasilni maydondan chetlatishi kerak bo‘lganini ta’kidladi.

Bahsli vaziyat uchrashuvning 49-daqiqasida sodir bo‘ldi. Darvozabon Tani Oluvaseyi bilan to‘qnashuv paytida kanadalik hujumchining bosh qismiga mushti bilan zarba bergan.

«Bu qizil kartochka. Ofsayd haqida unuting. Biz bunday holatlarda futbolchilar to‘pga tegganidan keyin, hatto hakam hushtak chalgan bo‘lsa ham, raqibiga zarba berib qo‘ygani uchun qizil kartochka olganini ko‘p bor ko‘rganmiz.

Menimcha, bu juda xavfli o‘yin. U birinchi bo‘lib to‘pga yetib borganini bilaman, ammo u raqibning chakka qismiga zarba berdi. Bu inson tanasida zarba berish mumkin bo‘lgan eng xavfli joylardan biri», — dedi Runi. Uning so‘zlarini BBC keltirmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:21, 13.06.2026.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик