Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Kristian Pulishich JCH-2026 dagi dastlabki o‘yinda jarohat oldi

Kristian Pulishich JCH-2026 dagi dastlabki o‘yinda jarohat oldi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Pulishich jahon chempionati birinchi turi doirasidagi Paragvayga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida golli uzatmani amalga oshirdi, ammo hisob 3:0 bo‘lib turganda tanaffusda zaxiraga olindi.

Bosh murabbiy Maurisio Pochettino o‘yindan so‘ng shunday dedi: «U boldir mushagiga og‘riqli zarba oldi, birinchi bo‘lim oxirida spazmni his qildi. Biz umuman tavakkal qilishni istamadik, unga yurish qiyin edi. Ammo umid qilamanki, bu unchalik jiddiy emas va u keyingi o‘yinga tayyor bo‘ladi».

Pulishichning o‘zi esa o‘yindan keyin: «Hechqisi yo‘q, bu shunchaki ehtiyot chorasi», – dedi. Uning so‘zlarini jurnalist Ben Jeykobs keltirgan.

AQSH terma jamoasi Paragvayni 4:1 hisobida mag‘lub etdi, jamoa keyingi o‘yinini 19 iyun kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 09:11, 13.06.2026.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик