Marsel Desayi 2026 yilgi Jahon chempionati favoritlarini nomladi.
«Men Fransiyani aytishim kerak. Boshqa tomondan, Portugaliya ham bunga erishishi mumkinligiga ishonaman, chunki alohida o‘yinchilarga nazar tashlasak, ularda kerakli ruh bor. Shu sababli Portugaliya turnirdagi mening favoritlarimdan biri.
Aniqki, Ispaniya ham to‘p nazorati bilan asosiy da’vogarlar qatorida bo‘ladi, qolaversa, ular Yevro yarim finalida Fransiyani ancha oson mag‘lub etishdi. Afrikadan qandaydir sensasiya bo‘ladimi, bilmayman. Senegal yaxshi ko‘rinmoqda. Kot-d’Ivuar o‘rtoqlik o‘yinida Fransiyani mag‘lub etdi, lekin ular uzoqqa bora oladimi, amin emasman.
Bashorat qilish qiyin, chunki uzoq davom etadigan guruh bosqichi hammasini murakkablashtiradi. Guruhlardan uchinchi o‘rin egalari ham chiqib ketishi mumkin, shuning uchun omad ham kerak.
Argentina Messiga qattiq bog‘liq bo‘lib qoladi va men uning o‘yin darajasi biroz pasayganini sezyapman. Qatarda unga omad kulib boqqandi, u g‘alaba qozonishi uchun barcha yulduzlar birlashgandi. Ammo men Krishtianu Ronaldu ham bir ma’noda mukofotlanishini istardim, chunki bu ikkisi o‘z avlodining eng yaxshi o‘yinchilari bo‘lishgan», — dedi Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi intervyusida.













