«Nottingem Forest» klubining markaziy yarim himoyachisi Elliot Anderson yaqin vaqt ichida «Manchester Siti» futbolchisiga aylanishi mumkin. Ushbu ma’lumot bilan Daily Mail Sport nashri o‘rtoqlashmoqda.
Manbaning xabar berishicha, agar hech qanday kutilmagan o‘zgarish yuz bermasa, Andersonning transferi shu oyning o‘zidayoq yakunlanadi.
Telegraph Football nashrining ta’kidlashicha, klublar muzokaralarni davom ettirishmoqda, biroq «o‘rmonchilar» xo‘jayini Evangelos Marinakis 23 yoshli xavbekni sotishga allaqachon rozilik bergan. Anderson yaqin bir hafta ichida transfer uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi istisno etilmaydi. Bundan avvalroq Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel futbolchilarga bunday ruxsatni bergan edi.
Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Andersonning xaridi «shaharliklar»ga taxminan 120 million yevroga tushadi.
Yakunlangan klub mavsumida Anderson barcha musobaqalarda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.













