«Tottenxem» klubi «Bryugge» himoyachisi Xoel Ordonyesni o‘z safiga qo‘shib olish kurashida peshqadamga aylanib oldi. Bundan avvalroq mazkur futbolchi «Liverpul» va «Chelsi» e’tiborini ham tortgan edi, deya xabar bermoqda CaughtOffside.
Ekvador terma jamoasining 22 yoshli a’zosi Ordonyes o‘tgan mavsumda «Bryugge» tarkibida Belgiya chempioniga aylanib, Yevropaning eng istiqbolli yosh markaziy himoyachilaridan biri sifatida o‘zini ko‘rsata oldi. Ayni paytda u o‘z milliy terma jamoasi ixtiyorida — Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Futbolchi 2022 yilda «Independyente» klubidan «Bryugge»ga o‘tgan edi va hozirgacha Belgiya klubi safida barcha turnirlarda 125 dan ortiq o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Ordonyesning amaldagi shartnomasi 2028-29 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning bozor qiymati 33 million yevroga baholanmoqda.
«Bryugge» klubi futbolchini sotish borasida hech qanday bosimni his qilayotgani yo‘q va transferni faqat jiddiy taklif tushgan taqdirdagina muhokama qilishga tayyor.













