Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Lopetegi «Real»dan bo‘shatilganini yodga oldi

Lopetegi «Real»dan bo‘shatilganini yodga oldi

Baho:
+ | -

«Real» sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi faoliyatidagi eng og‘riqli voqealardan biri — 2018 yilda «qirollik klubi»dan iste’foga chiqarilgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu voqea u tayinlanganidan bir necha oy o‘tib sodir bo‘lgan edi.

«Boshlanishi oson bo‘lmagandi: ko‘plab futbolchilar Jahon chempionatidan so‘ng jamoa ixtiyoriga kechikib qaytishdi. Bundan tashqari, o‘sha yili Krishtianu Ronaldu jamoani tark etgandi. Shunga qaramay, biz mavsumni yaxshi boshladik. Menda kiyinish xonasining ishonchi bor edi va biz yangi jamoa tuzib, to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotgan edik», — deya mutaxassisning so‘zlarini El Mundo nashri keltiradi.

Biroq bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlar vaziyatni tez fursatda o‘zgartirib yuborgan: «Keyin shunday ikki haftalik davr bo‘ldiki, unda pand berishi mumkin bo‘lgan barcha narsa pand berdi. Futbol shunaqa. Moskvadagi avtogol, Iskoning appendisit bo‘lishi... Biz "Barselona"dan 7 ochkoga ortda qoldik va shundan so‘ng men jamoani tark etdim».

Lopetegining ta’kidlashicha, u ketganidan keyingi natijalar klubda ancha chuqurroq muammolar borligini isbotlagan: «Keyinchalik Jahon chempionatining ta’siri sezila boshladi. Masalan, Modrich juda charchagan holda qaytgandi. Jamoa ortda qolib ketdi, yakunda esa mavsum bundan ham yomonroq tugadi — ochkolar farqi yanada kattalashdi va Chempionlar ligasida "Ayaks"dan mag‘lubiyat qabul qilib olindi».

Eslatib o‘tamiz, Xulen Lopetegi hozirgi vaqtda Qatar terma jamoasini boshqarmoqda va jamoani JCH-2026 turniriga boshlab keldi.

Kiritildi: 18:12, 13.06.2026.
O'qildi: 472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик