Hujumchi Dushan Vlahovich «Yuventus» safida o‘ynashda davom etishi mumkin. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi hujumchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni qayta boshlashga tayyor.
Bir nechta top-klublar futbolchining yuqori maosh talablari tufayli uni sotib olishdan voz kechdi. Shu bilan birga, «Yuventus» yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni faqat o‘z shartlari asosida davom ettirmoqchi.
Dushan Vlahovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 85 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Turin klubi safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vlahovichning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.













