Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatlarida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatlarida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Kyurasaoni tor-mor etdi.

Bahs 14 iyun kuni AQSHning Xyuston shahridagi «NRG Stadium» stadionida bo‘lib o‘tdi va nemislarning 7:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati final bosqichlarida kiritilgan gollar soni bo‘yicha Braziliya terma jamoasidan o‘zib ketib, mutlaq rekordchiga aylandi — 239 ga qarshi 238 ta gol.

JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Germaniya 20 iyun kuni Kot-d'Ivuarga qarshi maydonga tushsa, uchinchi turda, 25 iyun kuni Ekvador bilan kuch sinashadi. Futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo‘lib o‘tmoqda va 19 iyul kuni yakuniga yetadi.

Kiritildi: 08:01, 15.06.2026.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик