Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

APL klubi «Chelsi» hujumchisi uchun 35 million yevro taklif qilmoqchi

APL klubi «Chelsi» hujumchisi uchun 35 million yevro taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Liam Delap «Everton» klubining qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. 23 yoshli futbolchi Londondagi debyut mavsumida o‘zini ko‘rsata olmadi, shu sababli oradan atigi bir yil o‘tib klubni tark etishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, «irislar» hujumchi uchun 30 million funt sterling (taxminan 35 million yevro) miqdorida taklif tayyorlamoqdalar. Liverpulliklar bosh murabbiyi Devid Moyes angliyalik futbolchini jamoaning ustuvor transfer maqsadlaridan biri deb hisoblaydi.

Liam Delapni sotib olmoqchi bo‘lgan klublar uchun asosiy muammo — uning transfer narxi bo‘lib turibdi. «Chelsi» o‘z o‘yinchisi uchun 40 million funtdan (46 million yevro) ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda. «Ipsvich»ning sobiq yulduziga Premyer-liganing boshqa bir vakili — «Nyukasl» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 13:37, 15.06.2026.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик