«Komo» klubining 21 yoshli yarim himoyachisi Nikolas Pasning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Real» eng yaxshi qarorga kelish uchun «Komo» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, Pas tomonidan hech narsa o‘zgargani yo‘q — u joriy yozda «Real»ga qaytishni istamayapti, ayniqsa «qaymoqranglilar»ning Bernardu Silva bilan shartnoma imzolaganidan keyin. Ispaniya klubi Pasning bu pozisiyasidan xabardor.
2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi barcha turnirlarda jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Pasning transfer bahosi 80 million yevroni tashkil etadi.













