Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Xenderson: «Men hali uning yomon o‘ynaganini ko‘rmadim»

Xenderson: «Men hali uning yomon o‘ynaganini ko‘rmadim»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoyasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Angliya va Xorvatiya o‘rtasidagi bahsda Luka Modrichning o‘yinidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi. Uchrashuv ertaga, 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytgacha xorvatiyalik futbolchi milliy terma jamoasi safida 198 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urgan.

«U dunyo darajasidagi futbolchi, unga qarshi o‘ynash juda qiyin. Umid qilamanki, u o‘zining bor mahoratini ko‘rsata olmaydi, vaholanki biz uning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. Ammo men hali biror marta ham uning yomon o‘ynaganini ko‘rmaganman», – deya Xendersonning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Jahon chempionati – 2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. L guruhida Xorvatiya va Angliyadan tashqari Gana hamda Panama terma jamoalari ham joy olgan.

Kiritildi: 18:00, 16.06.2026.
O'qildi: 1091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик