Jahon chempionati guruh bosqichining ilk turida Angliya terma jamoasi Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv juda shiddatli va gollarga boy tarzda kechdi. Angliya hisobni Xarri Keynning penaltidan urgan goli bilan ochdi. Biroq Martin Baturina muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxiriga qadar jamoalar yana bittadan gol urdi: Keyn dubl qayd etgan bo‘lsa, Petar Musa ham o‘z nomini tabloga yozdirdi va jamoalar tanaffusga 2:2 hisobi bilan yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Jud Bellingem Angliyani yana oldinga olib chiqdi. Xorvatiya darvozaboni Dominik Livakovich bir qator ajoyib seyvlar bilan jamoasini o‘yinda ushlab turdi, ammo 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Markus Reshford tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunlab, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa Tomas Tuxel shogirdlari mundialni muhim g‘alaba bilan boshladi.
Jahon chempionati-2026. "K" guruhi, 1-tur
Angliya – Xorvatiya – 4:2
Gollar: Keyn, 12 (pen), 42 (2:1), Baturina, 38 (1:1), Musa, 45+5 (2:2), Bellingem, 47 (3:2), Reshford, 85 (4:2).













