Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi bahsda (1:1) Krishtianu Ronalduning o‘yini haqida fikr bildirdi.
41 yoshli hujumchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, ammo gol yoki assist bilan ajralib tura olmadi.
«Biz uchun o‘yin qiyin kechdi, chunki raqib olti nafar himoyachi bilan o‘ynadi. Bunday vaziyatda Krishtianuning sifatlaridan foydalanish mumkin. Gol kerak bo‘layotgan paytda bunday futbolchini maydondan olishning hech qanday ma’nosi yo‘q.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yin har doim ham muvaffaqiyatga olib boradigan eng tez yo‘l emas. Uning himoyachilarni o‘ziga jalb qilishi va bo‘sh hududlardan foydalanishi juda katta ahamiyatga ega. Gollar kerak bo‘lganida maydonda Krishtianu Ronaldu kabi futbolchi bo‘lishi shart», — dedi Martines FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, mazkur jahon chempionati Ronaldu faoliyatidagi oltinchi mundial hisoblanadi. Keyingi turlarda portugaliyaliklar O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.













