AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino JCH-2026 ilk turida Jazoir terma jamoasi darvozasiga uchta gol urgan (3:0) Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«U boshqa sayyoradan kelgan. Bu aql bovar qilmas darajada... Uni ta’riflash yoki ifodalab berish uchun biror bir o‘xshatish, metafora yoki so‘z topish mutlaqo imkonsiz.
Jahon chempionlarini o‘z futbolchilari, murabbiylar shtabi va muxlislari bilan birgalikda ko‘rish juda ajoyib... Faqatgina Argentina ishtirokidagi o‘yinlarda stadiondagi ishqibozlarning hayqirig‘i sharhlovchilarning ovozidan ham balandroq eshitiladi.
Argentina — turnir favoriti. Ular buni doim qiyin kechadigan dastlabki uchrashuvdayoq isbotlab qo‘yishdi», — dedi Maurisio Pochettino COPE nashriga bergan intervyusida.













